Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Qizlar jamoasi Qoraqalpog‘iston chempioni bo‘ldi

Respublikamizda gandbol sport turini rivojlantirish, ushbu sport turidan sport ustalarini yetishtirish, 22-29-mart kunlari oralig‘ida Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadigan musobaqaga kuchli sportchilarni saralab olish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasini muvofiqlashtirish maqsadida shahrimizdagi Respublika sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida gandbol bo‘yicha U-20 qiz bolalar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda respublikamizdagi barcha shahar, tuman, muassasa-tashkilotlarning jamoalari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan tuzilgan terma jamoa a’zolari ham ishtirok etdi.

Keskin bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filial jamoasi a’zolari barcha raqib jamoa a’zolaridan ustun kelib Qoraqalpog‘iston chempioni bo‘ldi va tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jamoa a’zolarini musobaqaga filial professor-o‘qituvchilaridan N.Urazbayev va A.Kuralbayevlar tayyorladi.

Filial Matbuot xizmati.