Filial Al-Farobiy universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini 2025 yilda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan edi.
Ushbu dastur asosida dunyoning TOP-300 ga kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari va ilg‘or ta’lim texnologiyalarini filial o‘quv jarayonlariga joriy etish maqsadida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari xizmat safari bilan Al-Farobiy universitetida bo‘ldi.
U yerda ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari akademik mobillik, ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xalqaro va mahalliy grant loyihalarida ishtirok etishda professor-o‘qituvchilarning hamkorlikda ish olib borishi kabi masalalar bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar borasida suhbatlashdi.
Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
Filial Matbuot xizmati.