Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Korrupsiyasiz kelajak qurishga har birimiz mas’ulmiz» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27 mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan kelgan mutaxassislar ishtirokida «Korrupsiyasiz kelajak qurishga har birimiz mas’ulmiz» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni filial direktori B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan soha mutaxassislari korrupsiya jamiyat rivoji uchun to‘siq ekani, korrupsiya avj olgan har qanday davlat yoki jamiyat taraqqiyotdan ortda qolishi, bu illat ildiz otishining oldini olishga har birimiz mas’ul ekanimizni ta’kidladi.

Shuningdek, korrupsion holatlarga duch kelganda kimlarga va qayerlarga xabar berish kerakligi haqida ma’lumotlar berildi. Professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga bilib-bilmay sodir etilgan har qanday jinoyat javobgarlikdan ozod etmasligini tushuntirdi.

Tadbir ishtirokchilari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan tegishli javoblar oldi.

Matbuot xizmati filiali.