Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Sportning yengil atletika turidan marafon bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ladi.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha «Do‘stlik» kanali bo‘yida marafon o‘tkazildi.

Marafonda filialda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi. Bir-biridan kuchli sportchilarni jamlagan marafon qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunida kuchlilar orasidan kuchli sportchilar g‘olib bo‘ldi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilar filial rahbariyati tomonidan tayyorlangan Diplom esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.