Talabalar tegishli soha mutaxassislaridan tushuntirishlar oldi

Oliy o‘quv yurtlarida har haftaning payshanba kuni profilaktika kuni deb belgilangan edi.

Bugun shu asosda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish» mavzusida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshliqlari va filial profilaktika inspektori tomonidan talaba yoshlarga mamlakatimizda giyohvand moddalarning tarqalish yo‘llari, uning inson salomatligi uchun salbiy ta’sirlari haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, giyohvand moddadan foydalangan va uning tarqalishi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida tushunchalar berdi.

Talabalar tegishli soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.