Lazzat «Jahon chempionati»ga yo‘llanma oldi

Joriy yilning 12-14 may kunlari Farg‘ona viloyatida sportning «Belbog‘li kurash» turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida «O‘zbekiston chempionati» bo‘lib o‘tdi.
Chempionatga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasidan ham sportchilar qatnashdi.
Musobaqa yakunida filial talabasi Lazzat Tulepbergenova 76 kg vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan Diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va iyun oyida Turkiya davlatida bo‘lib o‘tadigan «Jahon chempionati»ga yo‘llanma oldi.
Filial Matbuot xizmati.