Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Jurnalistlar ishtirokida matbuot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2025-2026 o‘quv yiliga «Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishning borishi haqida» ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Qabul komissiyasining mas’ul kotibi Azamat Primbetov ommaviy axborot vositalari vakillariga 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishning borishi, filialda mavjud va yangi ochilayotgan mutaxassisliklar, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bo‘lib o‘tadigan joylari, baholash mezonlari, qaysi abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball berilishi haqida ma’lumotlar berdi.

Jurnalistlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

So‘ng O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Utemuratov jurnalistlarni «27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan filial faoliyatini keng jamoatchilikka operativ tarzda yetkazishda yaqindan yordam berib kelayotgan soha fidoyilarini kasb bayrami bilan filial direktori nomidan samimiy tabrikladi va ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Filial Matbuot xizmati.