Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan «Karyera kuni» va «Biznes marafon» bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalarning mehnat bozoriga samarali kirib borishini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish maqsadida «Bitiruvchi bandligi – 2025» loyihasi doirasida «Karyera kuni» mehnat yarmarkasi va «Biznes marafon» seminar-treningi tashkil etildi.

«Bitiruvchi bandligi – 2025» loyihasi doirasida tashkil etilgan «Biznes marafon» seminar-treningi va «Karyera kuni» mehnat yarmarkasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti bitiruvchilari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi.

Loyiha doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda mutasaddi vazirlik, tashkilotlar, ish beruvchi muassasa, korxonalar va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Unda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, o‘zaro muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi hamda bitiruvchilarga yuqori natijalarga erishayotgan tadbirkorlar startap g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mahorat darslari va treninglar o‘tkazdi.



Filial Matbuot xizmati.