Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tadbir bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Muhim 90 kun» doirasida filialni joriy o‘quv yilida bitirgan yoshlarning doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda «Bitiruvchilar bandligi muhim 90 kun» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilayotgan tadbirning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi va ishtirokchilarni vazirlikdan kelgan mutaxassis bilan tanishtirdi.

So‘ng vazirlik mutaxassisi so‘zga chiqib bitiruvchilarga respublikamizdagi muassasa-korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirib o‘tdi va har bir bitiruvchiga ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishga chaqirdi.

Filial Matbuot xizmati.