Talabalar maroqli dam olmoqda

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, intellektual o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarga qamrab olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv-dala amaliyoti maskanida “Talabalar yozgi oromgohi” tashkil etildi.

Ushbu dam olish maskanida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talaba-yoshlari ham «Muhim 90 kun» loyihasi doirasida dam olish kunlarini ko‘tarinki ruhda va mazmunli o‘tkazmoqda.

«Yoshlar dam olish markazi»da talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Talabalar bu yerda yozgi ta’til kunlarida maroqli dam olmoqda.
Filial Matbuot xizmati.