Sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Respublikamizdagi umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Muhim 90 kun» loyihasi doirasida 22-23-avgust kunlari sportning stol tennisi, voleybol va ko‘pkurash turidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Usı jıldıń 15-may kúni Ózbekstan Respublikası Prezidenti basshılıǵında «Mektep bilimlendiriwi sistemasındaǵı reformalardıń nátiyjeliligin asırıw boyınsha» ótkerilgen videoselektor májilisinde jaslardıń bos waqıtların mazmunlı ótkeriwge qaratılǵan «Áhmiyetli 90 kún» baǵdarlaması hám 2020-jıldaǵı 30-oktyabr kúngi «Salamat turmıs tárizin keń en jaydırıw hám ǵalabalıq sporttı jánede rawajlandırıw ilajları haqqında»ǵı PP-6099-sanlı Pármanınıń orınlanıwın támiyinlew maqsetinde Ózbekstan mámleketlik dene tárbiyası hám sport universiteti Nókis filialı tárepinen Qaraqalpaqstan Respublikası Sport ministrligi hám Qaraqalpaqstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw ministrligi menen birgelikte shólkemlestirilip atırǵan jarıstıń saltanatlı ashılıw máresimi Ózbekstan hám Qaraqalpaqstan Respublikalarınıń mámleketlik giminleri menen baslandı.

Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi. So‘ng bir qator soha rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda ustoz, murabbiylar musobaqaning ahamiyatiga to‘xtalib, ishtirokchi jamoa a’zolariga omad tiladi.

Musobaqa Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlaridan kelgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktab o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

Ikkinchi kuni musobaqa ishtirokchilarini Xo‘jayli tumani hududida joylashgan Mizdaxqon arxeologik kompleksiga sayohat tashkil etiladi, yarim final va final bosqichlari bo‘lib o‘tadi. So‘ng g‘olib jamoa a’zolarini taqdirlash marosimi va konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Filial Matbuot xizmati.