Direktor Mohirani chempionatda erishgan natijasi bilan tabrikladi

Avval xabar berganimizdek, Tailandning Bangkok shahrida sportning boks turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida filial talabasi Mohira Ahmedova 3-o‘rinni egallagan edi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov Osiyo chempionatining 3-o‘rin sohibasi Mohira Ahmedovani qabul qildi.

Qabul jarayonida direktor Mohirani chempionatda erishgan muvaffaqiyati bilan tabrikladi va kelgusi musobaqalarda bundan ham yaxshi natijalarga erishishiga tilakdoshligini bildirdi.
Filial Matbuot xizmati.