Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Talabalikka bag‘ishlov» kechasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.

So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutiboyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami, yangi o‘quv yili boshlanishi va talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalarini talabalar safiga qo‘shilgani bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda oliy ta’limga qaratilayotgan e’tibor, filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir yakunida eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan talabaga ramziy kalit va talabalar guvohnomasi topshirildi.

Filial Matbuot xizmati.