Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ustozlarga hurmat ko‘rsatildi

1-oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda filial direktori, professor B.Erimbetov so‘zga chiqib, yosh avlodning ma’naviy dunyosi boy, yuksak intellektual salohiyatga ega, komil insonlar bo‘lib kamol topishida fidokorona mehnat qilayotgan fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlarini yuqori baholab, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi.

1-oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan filial faoliyatida va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bir qator professor-o‘qituvchilarga Tashakkurnoma topshirildi.

Bayram tadbiri filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.