Talabalarga chet ellardagi mavsumiy ishlar taklif etildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga «Getwork» xususiy bandlik agentligi direktori Dovron Abduqodirov xizmat safari bilan keldi.

Dastlab «Getwork» xususiy bandlik agentligi direktori Dovron Abduqodirovni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov qabul qildi.

Qabul jarayonida ikki tomon Work and Travel dasturi orqali filial talabalarining yozgi ta’til kunlarida Germaniya, Latviya, Litva, Polsha, Bolgariya, Xorvatiya va Janubiy Koreya davlatlarining korxonalariga mavsumiy ish bilan ta’minlash, ularning xavfsizligi masalalari bo‘yicha suhbatlar olib bordi va o‘zaro kelishuvga kelib shartnoma tuzdi.

Shundan so‘ng «Getwork» xususiy bandlik agentligi direktori filial talabalari bilan uchrashdi va Work and Travel dasturi haqida tushunchalar berib o‘tdi. Shu kungacha agentlik tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidan 400 ga yaqin talaba Work and Travel dasturi orqali mavsumiy ishlarga yuborilgan. Uchrashuv davomida filial talabalari ushbu agentlikning tavsiya etgan mamlakatlaridagi ish o‘rinlariga qiziqish bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.



Filial Matbuot xizmati.