Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha filial professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktori B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va filialda korrupsiya holatlarining oldini olish yo‘nalishida qilinayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi vakili M.Xo‘jaqmetova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori yordamchisi A.Djumamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili R.Qallibekov, tezkor vakil R.Erbayev va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G.Xo‘jametovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda jamiyat rivojiga to‘siq bo‘layotgan korrupsiya illatini tag-tomiri bilan yo‘q qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berdi.

Shu bilan birga filial professor-o‘qituvchilari va talabalarga korrupsion holatlarning guvohi bo‘lganda qayerlarga murojaat qilish kerakligi, ishonch raqamlari va ma’lumot bergan shaxsning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

Ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli soha mutaxassislaridan javoblar oldi.

 

Filial matbuot xizmati.