Filial Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni filial direktori, professor B.Erimbetov olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i A.Amaniyazov filialda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi bo‘yicha, so‘ngra o‘quv binosi va filialga qarashli binolarda amalga oshirilgan ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida Ishlar boshqarmasi boshlig‘i S.Jadigerovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida joriy masalalar tahlil qilinib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Filial Matbuot xizmati.