G‘oliblar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi

Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish maqsadida 2019 yil 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Besh muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Bugun Besh muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha rasm chizdi. Tanlov yakunida eng yaxshi ishlangan surat egalari g‘olib deb topildi va ular filial rahbariyati tomonidan Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.