Talabalar harbiy xizmatchilar faoliyati bilan tanishdi

Yoshlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash va ularni harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugiga tashrif buyurdi.

Okrugda talabalarga harbiy xizmat jarayonlari, zamonaviy texnikalar, harbiy xizmatchilar faoliyati va mudofaa tizimidagi yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.

Talabalar qo‘shinlarning hayoti, ish jarayoni bilan tanishish jarayonida harbiy texnika va maxsus jihozlarning qo‘llanilishi bo‘yicha ham amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatning mazmun-mohiyati yuzasidan ham ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Filial Matbuot xizmati.