Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda bayram kechasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Bir yurt, bir Vatan, bir bayroq» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilganlarni qutlug‘ sana – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabrikladi. U o‘z nutqida bayrog‘imizning milliy g‘urur va istiqlol ramzi sifatida tutgan o‘rniga, uning har bir yurtdoshimiz qalbidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik fakulteti «Inson huquqlari» kafedrasi professor-o‘qituvchisi Sulton Zayitov, «Arxeologiya» kafedrasi dotsenti Nargiza Seytimbetova va Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugidan leytenant Rashit Omadovlar davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi belgilar, ranglarning ma’nosi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Davlat bayrog‘imiz xalqimizning asriy orzu-intilishlari, mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi va ezgu maqsadlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Bugungi kunda u yurtimizdagi barcha davlat idoralari, ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va sport musobaqalarida g‘urur bilan hilpirab, yurtimiz sha’ni, xalqimiz g‘ururini ifoda etib kelmoqda.

Tadbir filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.