Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Amaliyotchi talabalarning amaliyot jarayoni o‘rganildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan talabalar malakaviy amaliyotga yuborilgan.

Filialda ushbu sohaga tegishli mutaxassislar, xususan O‘quv-uslubiy bo‘lim, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va amaliyot rahbarlari tomonidan talabalarning o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarining shakllanganlik holati va talabalarning o‘z ustida ishlashi natijasida qay darajada takomillashtirilganligi, mehnat intizomiga rioya qilish ko‘nikmalarining shakllanganligi o‘rganildi.

Bunday o‘rganishlar talabalarning amaliyoti yaxshi o‘zlashtirishiga zamin yaratadi.

Filial Matbuot xizmati.