DIQQAT, E’LON!

Talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ilmiy ijodiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida filial talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovda talabalar ishtirok etishi mumkin.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari;
- 2-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining 1,5 barobari;
- 3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorining 1 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan tag’dirlanadi.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
Ishtirokchilar o‘z ilmiy ishlarini joriy yilning 24-noyabr sanasiga qadar
👉 @khabipova_1610
👉 @Koblan_Mnajatdinov
manzillariga yuborishlari so‘raladi.
Filial Matbuot xizmati.