Soha mutaxassislari talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Festivalni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari kirish so‘zi bilan ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirdi.

So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bosh mutaxassisi Qudaybergen Nizamatov, Nukus shahri Bosh imom xatibi Aminjon Nabatov, Respublika targ‘ibot guruhi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Begdulla Sultanov va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i Qidirbay Nuratdinovlar so‘zga chiqib, yurtimizda millatlararo totuvlik, do‘stlikni mustahkamlash yo‘nalishida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilib, milliy madaniy markazlar bilan ishlashni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini, Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab, mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati, dini hamda ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ta’lim olishi, o‘z qobiliyati va qiziqishi asosida kasb-hunar egallashi, madaniyati, urf-odat va an’analarini saqlashi va rivojlantirishi uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilganligi alohida qayd etildi.

Suhbat davomida talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.