Jurnalistlar filialning ichki imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talabalarning to‘liq bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media tur tashkil etildi.

Media tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari filialning ichki imkoniyatlari, talabalarning ta’lim va sport yo‘nalishida erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Tadbir doirasida jurnalistlar yoshlar siyosati asosida filialda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.


Filial Matbuot xizmati.