Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ziyrak talabalar uchun «Maqola va tezis yozish bo‘yicha amaliy yondashuvlar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Ziyrak talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan «Maqola va tezis yozish bo‘yicha amaliy yondashuvlar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida iqtidorli talabalarga ilmiy maqola va tezis yozishning asosiy talablari, texnik jihatlari va zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.Shuningdek, respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalar, olimpiadalar, grant loyihalari va tanlovlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bunday seminarlar talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishda va ularni bu boradagi imkoniyatlar bilan tanishtirishda muhim o‘rin tutadi.

Seminar yakunida esa ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishi yuqori bo‘lgan iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida maxsus anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Filial Matbuot xizmati.