Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Soha mutaxassislari talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabr kuni «Aholi salomatligini va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-sonli Farmoni qabul qilingan edi.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli soha mutaxassislari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tegishli soha mutaxassislari talabalarga Prezident Farmonining mazmun-mohiyati, shuningdek, giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, jamiyat va davlat kelajagiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari, bundan tashqari, narkojinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari va majburiyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli soha mutaxassislaridan javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.