Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarga «Kelajak soati» darsi o‘tildi

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni his etish, kundalik axborot bilan tezkor va muntazam ravishda xabardor qilib borish maqsadida har haftada bir marta «Ma’naviyat soatlari» o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov talabalarga «Kelajak soati» darsini o‘tkazdi.

Bunda u «Kelajak soati» darsida «Mening huquqlarim» mavzusida talabalarga inson huquqlari va erkinliklari, ularning shaxsiy hayotdagi o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish. Ularga oilada, maktabda va ijtimoiy hayotda huquq va majburiyatlarning uyg‘unligini tushuntirdi.

Dars davomida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqiy normalar bilan tanishtirildi. Ularni hayotiy misollar orqali o‘z tajribalari bilan bog‘lab ko‘radi. Bu orqali ularda o‘z huquqlarini himoya qilish, qonunlarga hurmat ruhida qarash, mas’uliyatli fuqaro bo‘lish ko‘nikmalari mustahkamlanadi.

Filial Matbuot xizmati.