Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Ibragimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Qoshqarbay Sodiqov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Nizombek Yuldashev, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.

Tadbirni filial direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Gulmurat Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

So‘ng tadbirda so‘zga chiqqan soha vakillari filial jamoasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizning jahon siyosiy maydonida mustaqil davlat sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, taraqqiyot yo‘lini belgilab, yildan-yilga nufuzi ortib borishi, shuningdek, xalq farovonligini ta’minlashda – Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati yuqori ekanligini, mamlakat kelajagi ushbu hujjatda o‘z aksini topganligini ta’kidladi.

Shuningdek, bugun yurtimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida erishayotgan yutuqlarimizning barchasi Konstitutsiyada ko‘rsatilgan asosiy tamoyillarning hayotga to‘liq tatbiq etilishi bilan bog‘liq ekanini faxr bilan tilga oldi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, asosiy qonunimiz o‘zining chuqur o‘ylangan prinsip va qoidalari bilan ajralib, mamlakatimiz taqdirini, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjatdir.

Tantanali bayram tadbiri filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.