Filialda yilning eng kitobxon talabasi aniqlandi

Talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyotlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularga kitob o‘qish uchun sharoitlar yaratish, mustaqil fikrga ega iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida filial talabalari o‘rtasida «Yilning eng kitobxon talabasi» tanlovi o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilar «Men sevib o‘qigan kitob» va «Esse yozish» shartlari bo‘yicha o‘zaro bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Adabiyot maydonida o‘tgan tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib ishtirokchilar aniqlandi. Ya’ni 1-o‘rinni Niyetboy Seyilxonov, 2-o‘rinni Luiza Aliyeva va 3-o‘rinni Berikboy Zaripovlar egalladi.

Tanlovda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida va 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi hamda Diplom bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.