Prezident maqolasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Prezidentimizning «Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida» nomli maqolasining mazmun-mohiyatini filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlariga keng yetkazish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochdi.

So‘ng so‘zga chiqqan O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi J.Ayapov, filial kasaba uyushmasi raisi S.Saparniyazov va professor-o‘qituvchilar Prezidentimiz maqolasining mazmun-mohiyati naqadar muhimligiga to‘xtaldi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga izohlar oldi.

Filial Matbuot xizmati.