Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

DIQQAT, E’LON!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22–29-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Prezident davlat stipendiyasi uchun:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabgor nomzodlar “O‘zbekiston tarixi”, “Axborot texnologiyalari” va “Xorijiy tillar” fanlaridan test sinovlarida ishtirok etadilar.

Test sinovlari sanasi: 2026-yil 27-yanvar

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy  (Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi).

Test sinovlariga talabgorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari qat’iy so‘raladi.

Ma’lumot uchun: 2025/2026-oʻquv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovini oʻtkazish REJA siga koʻra, nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan talabgorlarning ilmiy ishlari va erishgan yutuqlari ekspertlar tomonidan baholanadi.

Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

Filial Baspasóz xızmeti.