Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalarning nazariy va amaliy bilimlari takomillashtirildi

Bugun filial talabalarining malakasi va tajribasini oshirish maqsadida «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi va O‘zbekiston Aquatics federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda kunning birinchi yarmida ishtirokchilarga Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sportning suzish turi bo‘yicha tajribali murabbiyi Ravshan Karimov nazariy bilimlarini berdi va kunning ikkinchi yarmida Respublika suv sporti turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi amaliy mashg‘ulotlarini olib bordi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan o‘quv-seminarda talabalar tajribali murabbiydan o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini oshirdi.

Filial Matbuot xizmati.