Soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

Professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va ular o‘rtasida giyohvand moddalarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Biz jinoyatchilikka qarshimiz» mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Respublika psixonevrologik dispanseri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazidan kelgan soha mutaxassislari ishtirokchilarga sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish hamda giyohvand moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish yo‘nalishida qilinayotgan chora-tadbirlar va bunday yomon yo‘lga kirib qolgan shaxslarning ayanchli taqdirlari haqida tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, har bir ishtirokchini bunday yomon yo‘llardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan tegishli javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.