Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Soha mutaxassislari talabalar bilan uchrashdi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, xotin-qizlarning salbiy g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirib o‘tdi.

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Nezametov va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi X.Ibragimova va filial profilaktika inspektori, kapitan R.Ismayilovlar so‘zga chiqdi. Ular o‘z so‘zida mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy, axloqiy va jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida keng tushunchalar berdi.

Uchrashuvda filial talabalari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.