Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Soha mutaxassislari xavfli illatlarning xavfli jihatlarini aytdi

Joriy yilning 1 fevral sanasidan 1 mart sanasiga qadar yurtimizda «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi» deb e’lon qilingan edi.

Oylik doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Biz baxtli hayotni tanlaymiz, giyohvandlikni emas!» mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik boshqarmasi mutaxassisi kapitan Sh.Uzaqbergenov va tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili mayor A.Chimbergenov, S.Genjebayev va filial profilaktika inspektori R.Ismayilovlar so‘zga chiqdi.

Ular dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-207-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini, turli yolg‘on ma’lumotlarga ishonib kiberjinoyatning qurboni bo‘layotganlar bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

 

Shuningdek, har bir ishtirokchi giyohvand moddalardan va ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan fayllarni ochmaslik kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Filial Matbuot xizmati.