Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Tadbir bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bandligini ta’minlash maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida «Kelajakka qadam bugundan boshlanadi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Utemuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarni tadbir ishtirokchilari bilan tanishtirib o‘tdi.

So‘ng «O‘zmilliybank» AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi «Kelajakka qadam» markazi menejeri A.Baltabayev, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasidan F.Asemovlar talabalarga banklar tomonidan yoshlarning o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun ajratilayotgan kreditlar, ularning foiz stavkalari va uning berilish tartiblari haqida tushunchalar berdi. Shundan so‘ng tadbirkor A.Allamuratov biznesni boshlash usullarini aytib berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.