Talabalar bank mutaxassislari bilan uchrashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalarining doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash yoki o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish maqsadida bank mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

So‘ng Mikrokreditbankdan kelgan mutaxassislar jismoniy va yuridik shaxslarga beriladigan kreditlar, shu jumladan talaba-yoshlarning o‘zini o‘zi band qilish va ta’lim kreditlarini olish tartibi, uning imtiyozli davri, yillik foiz stavkalari, biznes rejalarini tuzish va uni amalga oshirish mexanizmlari haqida tushunchalar berdi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.