Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Professor-o‘qituvchilar murabbiylarga seminar-trening o‘tkazdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari Nukus shahar 2-sonli sport maktabi murabbiylariga seminar-trening o‘tkazdi..

Unda «Koordinatsion va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari Azamat Primbetov, Rustam Xaydarov va Nurmuhammad Nurmedov sport maktablari murabbiylariga sportchilarning yosh xususiyatlariga qarab maksimal yurak urish ko‘rsatkichlarini hisoblash, har bir mashg‘ulotlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni saqlab borish orqali sportchilarning o‘sish dinamikasini kuzatish va hozirgi zamonda sport sohasida ilm bilan amaliyotni bog‘lash muhim omil ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, ular sportchilarning musobaqalarda yuqori natijalarga erishishida faqat jismoniy tayyorgarlik bilan cheklanib qolmasdan, uni tahlil qilib, monitoring qilib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tizimli kuzatuv orqali mashg‘ulotlar jarayonini boshqarishning zarurligini ta’kidladi.

Seminar-trening davomida sport maktabi murabbiylari va professor-o‘qituvchilar bu borada o‘zaro fikr almashadi.

Filial Matbuot xizmati.