Navro‘z arafasida necha kun dam olish beriladi?

Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 4 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 3 kun dam oladi.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) ga a’zo davlatlar musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo qo‘mitasi Samarqand shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2026 yil (1447 hijriy) uchun Ramazon oyining boshlanishi va Ramazon hayiti sanalarini belgilagan. Qo‘mita qaroriga ko‘ra, 2026 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, Ramazon hayiti esa 20 mart – juma kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababli mart oyida bayramlar sababli ayrim xodimlar uchun ketma-ket dam olish kunlari yuzaga keladi.
️ 5 kunlik
ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kunlari:
▪️20-mart – juma, Ramazon hayiti
▪️21-mart – shanba, Navro‘z bayrami
▪️22-mart – yakshanba
▪️23-mart – dushanba (ko‘chirilgan dam olish kuni)
5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 24-mart – seshanba ish kuni hisoblanadi.
️ 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kunlari:
▪️20-mart – juma, Ramazon hayiti
▪️21-mart – shanba, Navro‘z bayrami
▪️22-mart – yakshanba
6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 23-mart – dushanba ish kuni hisoblanadi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, ishlanmaydigan bayram kunlari yillik mehnat ta’tili davomiyligini hisoblashda inobatga olinmaydi.
👉 Shu sababli mart oyidagi 8-mart, 20-mart va 21-mart kunlari dam olish kunlari sifatida hisoblanmaydi, qolgan barcha kunlar esa hisobga olinadi.
Shuningdek, 19 mart – payshanba kuni barcha xodimlar uchun qisqartirilgan ish kuni hisoblanadi.
👉 Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida ish vaqti kamida 1 soatga qisqartiriladi.
👉 Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, agar bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu sababli 2026 yilda Navro‘z bayrami shanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni 23 mart – dushanba kuniga ko‘chirildi.
Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.