Kitobxon talabalar o‘zaro fikrlashdi

Talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish, ularni kitob o‘qishga qiziqtirish va ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Axborot-resurs markazida kitobxon talabalar uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda filial professor-o‘qituvchisi Aminov Rahmatjon talabalarga mashhur yozuvchi O‘.Hoshimovning hayoti va ijodi, shu bilan birga uning qalamiga mansub bo‘lgan «Tushda kechgan umrlar» romani haqida batafsil ma’lumot berdi hamda asarning g‘oyaviy, badiiy xususiyatlari, undagi voqealar, obrazlar xarakteri va yoshlar uchun ibratli tomonlari haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuvda Axborot-resurs markazi rahbari K.Toreshova har bir ishtirokchini kitob bilan do‘st bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarida ko‘p kitob o‘qish kerakligini takidlab o‘tdi va talabalar «Tushda kechgan umrlar» romani bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.
Qudrat Auezbayev.