Filialda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining «2026 yil 16 yanvar kuni o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida»gi bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llashda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning muammo va yechimlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyada mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, qo‘shni respublikalar va xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarining olimlari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdi.

Konferensiyani O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va so‘nggi yillarda butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini va bunday qo‘llab-quvvatlashlarning natijasida mamlakatimiz sportchilari tomonidan xalqaro sport arenalarida katta yutuqlarga erishilayotganini aytib o‘tdi hamda sohani yanada rivojlantirish uchun ilm-fan bilan yaqin hamkorlik qilish zarurligiga to‘xtalib o‘tdi va konferensiyaning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng konferensiya o‘z ishini boshladi. Mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, qo‘shni respublikalar va xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarining olimlari, yosh izlanuvchilari, magistrantlar va talabalari hamda boshqa bir qator oliy o‘quv yurtlari ishtirokchilari bugungi kunning dolzarb masalalari bo‘yicha ma’ruzalar qildi. Bu borada olimlar va mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdi.

Konferensiya yakunida ma’ruzachi va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llashda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning muammo va yechimlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Faol ishtirok etgan olimlar, yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar filial rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.