Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Universitet rektori xizmat safari bilan filialga keldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Nukus filialiga xizmat safari bilan keldi.

Rektor xizmat safarini dastlab filial talabalarining dars jarayoni bilan tanishishdan boshladi. Tanishuv jarayonida har bir auditoriyaga kirib talabalar bilan uchrashib, ular bilan yaqindan suhbatlashdi va yurtimizda oliy ta’lim tizimidagi oldinga siljishlar, ayniqsa, sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng universitet rektori filial direktori bilan birgalikda davlat sherikchiligi asosida qurilishi boshlangan «Talabalar uyi»ning qurilish ishlari va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan «Turon» stadionining qurilish ishlarini borib ko‘rdi.

Shu bilan birga shahrimizdagi 1-sonli sport maktabi (manej) va Respublika Gimnastika sport turlariga tayyorlash markaziga bordi va u yerda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Filial Matbuot xizmati.