Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarga filial haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2026-yilning II choragi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan media reja asosida bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktori, professor Bayrambay Erimbetov ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarga filialda o‘quv jarayonining olib borilishi holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

Brifingda ta’kidlanganidek, ayni paytda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida jami 30 ta mutaxassislikda 1 586 nafar talaba tahsil olmoqda. Ular orasida 5 nafar xalqaro, 51 nafar O‘zbekiston sport ustalari, 258 nafar sport ustaligiga nomzod va 366 nafar sport razryadiga ega talabalar bor. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan Zaynab Dayibekova va Shahzoda Ibragimovalar ushbu o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan 10 nafar talaba sportda erishgan yutuqlari uchun «Umid uchquni» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-2026-o‘quv yili uchun respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va mashhur davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida 5 nafar talaba davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

Bundan tashqari hozirgi vaqtda filialda 88 professor-o‘qituvchi talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Ulardan 3 nafar fan doktori (DSc), 19 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Umumiy filialning ilmiy salohiyati 44,3 foizni tashkil etishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.