Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Soha fidoyilari o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga qarshi qarashni shakllantirish va ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Davlat kelajagi qonunga itoatkor va huquqbuzarliklarga qarshi yoshlar bilan» tamoyili asosida «Ularning hayoti biz uchun ibrat» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, polkovnik Orinboy Turdaqov, Faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik Farxat Sankibayev va boshqalar filial talabalari bilan ochiq suhbatlashdi. Unda mehmonlar talabalarga o‘zlarining hayot yo‘li, qilgan xizmatlari, ish bobida erishgan yutuqlari, har bir kasbning rivojlanishi, uning o‘ziga xos mashaqqatlari va faxrli tomonlari haqida so‘zlab berdi.

Sohada salmoqli hissasi bor insonlarning talabalar bilan uchrashuvi talabalarda katta hayotiy motivatsiya beradi deb o‘ylaymiz.

Filial Matbuot xizmati.