Respublikamizda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi o‘tkazildi

Bugun, 11 avgust kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi bosh inspektori Rahmatjon Ro‘zmetov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda agentlik bosh inspektori Farmon asosida joriy yilning 27-iyul sanasidan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida tushunchalar berdi. Ya’ni, so‘rovnomani o‘tkazishdan asosiy maqsad bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarini bevosita ish beruvchilarning fikri asosida baholash va ularning tayyorgarligi zamonaviy mehnat bozori talablariga qay darajada mos kelishini aniqlash ekanligini ta’kidladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan so‘rovnoma jarayoniga biriktirilgan operatorlar ish beruvchilar bilan telefon orqali intervyu o‘tkazdi va zarur hollarda korxona va tashkilotlarga bevosita borgan holda ish beruvchilar bilan suhbatlar tashkil etdi.

Filial Matbuot xizmati.