Talabalar o‘rtasida «Munozara» debat intellektual o‘yini tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida «Plastik mahsulotlar to‘liq nazorat qilinishi kerak» mavzusida «Munozara» debat intellektual o‘yini tashkil etildi.

Bahs-munozara o‘yinini o‘tkazishdan asosiy maqsad – talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish. Ularning mantiqiy va ijtimoiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z fikrlarini erkin va dalillarga tayangan holda yetkazish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Debat davomida ishtirokchilar plastik mahsulotlarni qo‘llashning ekologiyaga ta’siri, ularni to‘liq nazorat qilish imkoniyatlari va bu masala bo‘yicha jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, o‘z pozitsiyalarini dalillar bilan himoya qildi.

Bunday intellektual o‘yinlar talabalarning bilimlarini mustahkamlash, fikr almashish madaniyatini oshirish va jamoa ichida mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Filial Matbuot xizmati.