QATAG‘ON QURBONLARINING HAYOTI VA FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN TANLOV!

Ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, tarixiy xotirani asrash hamda yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish maqsadida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar hamda yozma mulohazalar” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning asosiy maqsadi:
🔹 qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini ilmiy jihatdan o‘rganish;
🔹 ularning xalqimiz tarixi, ilm-fani, ma’rifati va madaniyatiga qo‘shgan hissasini yoritish;
🔹 yoshlarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish;
🔹 yosh tadqiqotchilar va ijodkorlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash.
Tanlov yo‘nalishlari:
🔸 Ilmiy maqolalar — qatag‘on qurbonlarining hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyati, jamoat hayotidagi o‘rni hamda tarixiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari;
🔸 Yozma mulohazalar — qatag‘on qurbonlarining hayoti va taqdiri, ularning jasorati, ma’rifatparvarlik faoliyati hamda tarixiy xotiradagi o‘rni haqidagi mustaqil fikr va mulohazalar.
❗️Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha yoshlarni faol qatnashishga chorlaymiz!
Tanlov muddati: 02.10.2026
Ishtirokchilar o‘z ilmiy ishlarini quyidagi manzillarga yuborishlari mumkun: @Koblan_Mnajatdinov, @Seydametovazizbek
Tanlovda ishtirok etish shartlari, ishlarni rasmiylashtirish talablari va baholash mezonlari bilan qo‘shimcha ma’lumot orqali tanishishingiz mumkin.
Tarixni o‘rganish – ajdodlar xotirasini asrashdir!
Filial Matbuot xizmati.