Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali ikkinchi yildirki xalqaro reytingdan o‘rin oldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida 1292-o‘rinni egalladi. Shuningdek, universitet Osiyo bo‘yicha 777-o‘rinni, O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari orasida 59-o‘rinni egalladi.

UI GreenMetric – oliy o‘quv yurtlarining barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat sohasidagi faoliyatini xalqaro darajada baholab boruvchi reyting tizimi. 2026 yilgi reytingda dunyoning 105 mamlakatidan 2016 ta oliy o‘quv yurti ishtirok etdi. Reytingda oliy o‘quv yurtlarining yashil infratuzilma, energiya va iqlim o‘zgarishlariga munosabati, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan samarali foydalanish, transport tizimi, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek, barqaror boshqaruv kabi yo‘nalishlardagi ko‘rsatkichlari baholanadi.

Bunda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining ushbu xalqaro reytingdan o‘rin olishi universitetda barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish borasidagi ishlar xalqaro mezonlar asosida baholanayotganini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun filial «UI Green Metric World University Rankings»ning 2025-yil uchun xalqaro reytingida 1279-o‘rinni, shuningdek, Osiyo mintaqasi bo‘yicha TOP-1000 ro‘yxatida 773-o‘rinni va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida 60-o‘rinni egallagan edi.

Filial Matbuot xizmati.