Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Iqtidorli talabalar ilmga yo‘naltirildi

Filialda iqtidorli talabalarni jismoniy tarbiya va sport sohasining zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatiga qamrab olish orqali o‘quv yurtining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha «Muvofiqlashtiruvchi va siklik sport turlari nazariyasi va metodikasi» kafedrasi tomonidan «Ustoz-shogird» mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda talabalarni iqtidorli talabalar safiga qamrab olish, ularning ilmiy faolligini oshirish, o‘zlarining sport turlari bo‘yicha ilmiy maqola va ilmiy tezislarni yozish talablari hamda ilmiy maqola va ilmiy tezislarning aniq mazmuni haqida keng tushuncha berildi.

Seminarda ishtirok etgan har bir talaba o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis sifatida ularga o‘sha sport turlarida bo‘layotgan muammolarni ilmiy maqola va tezislar bilan ochib berish va albatta ularning samarali yechimlari bilan ko‘rsatilishi kerakligi tushuntirib berildi.

Seminar davomida talabalar faol ishtirok etdilar va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Filial matbuot xizmati.