Filialda «Do‘stona uchrashuv» o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirokida o‘tkazilayotgan «Do‘stlik uchrashuvi» ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.

Yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini mustahkamlash, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida tashkil etilayotgan «Do‘stlik uchrashuvi»ni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Mirzanov va filial direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametovlar ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga qaratilayotgan e’tibor, talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashning ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

«Do‘stlik uchrashuvi» doirasida turli intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, madaniy tadbirlar hamda Mo‘ynoq tumanida «Biz Orol bilan birgamiz!» shiori ostida salomatlik uchun 5000 qadam, «Kemalar qabristoni,» «Orol dengizi tarixi muzeyi»ga sayohat tashkil etish rejalashtirilgan.

Filial matbuot xizmati.